Inkorporatsion Amaliy topshiriqlar

Inkorporatsion Inkorporatsion Inkorporatsion amaliy topshiriqlar

Boshlang'ich sinf texnologiya darsi uchun

Topshiriqlarni ko'rish
Ijodkor avlod Amaliy ko'nikmalar Zamonaviy yondashuv Yorqin kelajak Bugungi vazifa — ertangi muvaffaqiyat!
Platforma haqida

Metodik model asosida shakllantirilgan yagona elektron muhit

«Inkorporatsion amaliy topshiriqlar» platformasi boshlang'ich sinf texnologiya fanini inkorporatsion yondashuv asosida o'qitishni metodik jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan elektron ta'lim platformasidir.

Platforma dissertatsiya tadqiqoti doirasida yaratilgan bo'lib, boshlang'ich sinf o'quvchilarining amaliy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik materiallarni yagona elektron muhitda jamlaydi.

Asosiy maqsad — fanlararo integratsiya, kasbiy yo'naltirish va amaliy faoliyatni o'zaro uyg'unlashtirish orqali o'quvchilarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish.

Platforma mazmuni tadqiqot davomida ishlab chiqilgan metodik model asosida shakllantirilgan. Unda texnologiya fanining amaliy mavzulariga oid metodik tavsiyalar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar, multimedia resurslari, instruksion texnologik xaritalar, amaliy topshiriqlar hamda namunaviy dars ishlanmalari tizimli ravishda joylashtirilgan.

To'liq ma'lumot

Amaliyotga o'tish

Video, test va krossvord — bitta oqimda

Multimediya bo'limida 10 ta topshiriq to'plangan. O'quvchi videoni ko'radi, testni yechadi va krossvord orqali mavzuni mustahkamlaydi. Natijalar avtomatik saqlanadi.

Multimediya bo'limiga o'tish Ro'yxatdan o'tish