Inkorporatsion Amaliy topshiriqlar

Muallif haqida

Platforma muallifi, ilmiy-pedagogik faoliyat yo'nalishi va «Inkorporatsion topshiriqlar» platformasining yaratilish maqsadi haqida.

Jo'rayeva Dilnoz Raxmidinovnaning surati
Jo'rayeva Dilnoz Raxmidinovna
Buxoro davlat pedagogika instituti
Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi
Ilmiy-pedagogik faoliyat

Qisqacha ma'lumot

Jo'rayeva Dilnoz Raxmidinovna — Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi. Ilmiy izlanishlari boshlang'ich sinf texnologiya darslarini inkorporatsion yondashuv asosida tashkil etishga, fanlararo bog'liqlikni ta'minlashga va o'quvchilarda texnika ijodkorligi hamda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga bag'ishlangan.

1985-yilda Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug'ilgan. Pedagogik faoliyatini 2008-yilda Buxoro pedagogika kollejida metodist-o'qituvchi sifatida boshlagan; 2023-yildan Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasida faoliyat yuritmoqda. Institutda «Texnologiya va uni o'qitish metodikasi» fanidan dars beradi.

Mazkur platforma ana shu ilmiy izlanish va ko'p yillik amaliy tajriba asosida, o'qituvchilar uchun yagona elektron metodik muhit sifatida ishlab chiqilgan.

Ta'lim

  • 2001–2004 Buxoro pedagogika kolleji — «Boshlang'ich ta'lim» yo'nalishi
  • 2004 Buxoro davlat universiteti, bakalavriat — «Boshlang'ich ta'lim va jismoniy tarbiya»
  • 2021 Buxoro davlat universiteti, magistratura — «Boshlang'ich ta'lim»

Mehnat faoliyati

  • 2008-yildan Buxoro pedagogika kolleji — metodist-o'qituvchi
  • 2023–2024 Buxoro davlat pedagogika instituti, Boshlang'ich ta'lim kafedrasi — stajyor-o'qituvchi
  • 2025 — hozirgacha Buxoro davlat pedagogika instituti, Boshlang'ich ta'lim kafedrasi — o'qituvchi

Ilmiy izlanish yo'nalishi

Tadqiqot boshlang'ich sinf texnologiya ta'limida inkorporatsiya — ya'ni texnologiya fanini matematika, ona tili, tabiatshunoslik va tasviriy san'at kabi fanlar bilan uzviy bog'lash — masalasiga qaratilgan. Asosiy g'oya: kichik yoshdagi o'quvchi atrofdagi olamni alohida fanlarga bo'lingan holda emas, yaxlit tasavvur qiladi; shuning uchun amaliy mashg'ulot bir vaqtning o'zida bir necha fanning maqsadiga xizmat qilishi mumkin.

Ilmiy qiziqish yo'nalishlari

  • Boshlang'ich sinf texnologiya fanini o'qitish metodikasi
  • Inkorporatsion yondashuv va fanlararo integratsiya
  • O'quvchilarda texnika ijodkorligi va kreativ ko'nikmalarni rivojlantirish
  • Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy kompetentligi
  • Ta'lim jarayonida kasbiy yo'naltirish
  • Ta'limda raqamli va multimedia resurslari

Nashrlar

Ilmiy-metodik faoliyati doirasida 23 ta ilmiy maqola chop etilgan (shundan 2 tasi Scopus bazasida indekslangan), shuningdek darslik, o'quv qo'llanma, monografiya va elektron darslik tayyorlangan.

  • Darslik Texnologiya o'qitish metodikasi
  • O'quv qo'llanma Texnologiya o'qitish metodikasi
  • Monografiya Texnika ijodkorlik qobiliyati va kreativ ko'nikmalarini rivojlantirish 1–4-sinf o'quvchilari uchun
  • Elektron darslik Inkorporatsion amaliy topshiriqlar Mazkur platformaning asosini tashkil etadi

Tanlangan maqolalar

  • Development of Professional Competence of a Future Primary Teacher Through Incorporated Approaches Modern Science and Research, 2025, 4(3), 1341–1348 · DOI
  • The Goals and Objectives of Integrated Classes in Elementary School Technology Classes and the Importance of Interdisciplinary Communication European International Journal of Pedagogics, 2024, 4(11) · DOI
  • The Practical Significance of Forming Professional Competences in Technology Lessons of Primary Class Students European International Journal of Pedagogics, 2024, 4(11), 158–161 · DOI

Malaka sertifikatlari

  • Pedagogik faoliyatda raqamli kompetensiyalar
  • Pedagogik mahorat
  • Ta'lim sohasining huquqiy asoslari

Platforma haqida

«Inkorporatsion amaliy topshiriqlar» platformasi boshlang'ich sinf texnologiya fanini inkorporatsion yondashuv asosida o'qitishni metodik jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan elektron ta'lim platformasidir.

Platforma ilmiy tadqiqot doirasida yaratilgan bo'lib, boshlang'ich sinf o'quvchilarining amaliy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik materiallarni yagona elektron muhitda jamlaydi.

Platformaning asosiy maqsadi texnologiya darslarida fanlararo integratsiya, kasbiy yo'naltirish hamda amaliy faoliyatni o'zaro uyg'unlashtirish orqali o'quvchilarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish, o'qituvchilarni zamonaviy metodik ta'minot bilan qo'llab-quvvatlash va ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishdan iborat.

Platforma mazmuni tadqiqot davomida ishlab chiqilgan metodik model asosida shakllantirilgan bo'lib, unda texnologiya fanining amaliy mavzulariga oid metodik tavsiyalar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar, multimedia resurslari, instruksion texnologik xaritalar, amaliy topshiriqlar hamda namunaviy dars ishlanmalari tizimli ravishda joylashtirilgan.

Platformadan foydalanish natijasida o'qituvchilar darslarni ilmiy-metodik asosda rejalashtirish, inkorporatsion yondashuvni amaliyotga tatbiq etish, fanlararo integratsiyani ta'minlash va kasbiy yo'naltirish elementlarini dars mazmuniga singdirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

O'quvchilar esa amaliy topshiriqlarni bosqichma-bosqich bajarish, multimedia materiallari orqali mustaqil o'rganish hamda o'z bilim va ko'nikmalarini interaktiv topshiriqlar yordamida mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Mazkur platforma boshlang'ich ta'lim tizimida texnologiya fanini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi innovatsion elektron metodik resurs sifatida ishlab chiqilgan bo'lib, umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari, pedagogika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar va ilmiy izlanuvchilar uchun ham foydali metodik manba hisoblanadi.

Multimediya bo'limi

Ilmiy rahbarlik

Ilmiy rahbar

Tadqiqot Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri rahbarligida olib borilmoqda.

Saidova Mohinur Jonpo'latovnaning surati
Ilmiy rahbar
Saidova Mohinur Jonpo'latovna
Buxoro davlat pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti
Boshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri
Ilmiy rahbar

Qisqacha ma'lumot

Saidova Mohinur Jonpo'latovna — pedagogika fanlari doktori, professor, Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri. Ilmiy izlanishlari boshlang'ich ta'lim metodikasi, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari hamda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan.

1991-yil 15-dekabrda Buxoro shahrida tug'ilgan. 2009–2013-yillarda Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakultetida tahsil olib, universitetni imtiyozli tugatgan. Pedagogik faoliyatini maktab o'qituvchisi sifatida boshlab, 2020-yildan oliy ta'lim tizimida ishlaydi; 2022-yildan Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasiga rahbarlik qiladi.

  • 14+darslik
  • 3o'quv qo'llanma
  • 18dasturiy mahsulot guvohnomasi
  • 43xorijiy jurnal maqolasi
  • 200+respublika jurnali maqolasi

Ta'lim

  • 2009–2013 Buxoro davlat universiteti, Pedagogika fakulteti — universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan

Mehnat faoliyati

  • 2009–2020 Buxoro shahar 123-maktab-internati — o'qituvchi
  • 2020–2021 Buxoro davlat universiteti, Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi — o'qituvchi
  • 2021–2022 Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti, Boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi — kafedra mudiri
  • 2022 — hozirgacha Buxoro davlat pedagogika instituti, Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi — kafedra mudiri

Ilmiy darajalar va unvonlar

  • 2020 · Nomzodlik dissertatsiyasi Boshlang'ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
  • 2022 · Doktorlik dissertatsiyasi (DSc) Masofaviy ta'lim sharoitida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish
  • 2022 · Dotsent  |  2023 · Professor Doktorlik ishi himoyasidan so'ng «O'zbekistonning eng yosh fan doktori ayoli» deb e'tirof etilgan.

Ilmiy qiziqish yo'nalishlari

  • Boshlang'ich ta'lim metodikasi va matematika o'qitish metodikasi
  • Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
  • Masofaviy ta'lim sharoitida o'qituvchining metodik tayyorgarligi
  • O'quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirish (5E modeli)
  • Interfaol metodlar va elektron ta'lim resurslari

Asosiy nashrlari

Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 14 dan ortiq darslik va o'quv-uslubiy kitob, 43 ta xorijiy hamda 200 dan ortiq respublika jurnallarida maqolalar chop etgan; 18 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomasi egasi.

  • Darslik Matematika o'qitish metodikasi «Durdona», Buxoro, 2022 · 545 bet
  • Darslik Kreativ pedagogika «Durdona», Buxoro, 2022 · 160 bet
  • Darslik Ta'limda multimedia texnologiyalardan foydalanish «Durdona», Buxoro, 2022 · 290 bet
  • Ilmiy nashr Masofaviy ta'lim sharoitida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish «Durdona», Buxoro, 2022 · 196 bet
  • Ilmiy nashr Boshlang'ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish «Globe», Buxoro, 2022 · 109 bet
  • O'quv-uslubiy nashr Boshlang'ich ta'lim jarayonida hamkorlik muhitini shakllantirish «Durdona», Buxoro, 2020 · 86 bet
  • O'quv-uslubiy nashr Boshlang'ich sinflarda harakatga doir masalalar «Durdona», Buxoro, 2019 · 59 bet
  • O'quv-uslubiy nashr Laboratoriya mashg'uloti uchun ishlanmalar Buxoro, 2019 · 122 bet
  • To'plam Boshlang'ich ta'limda nazorat ishlar to'plami «Yosh kuch», Toshkent, 2018 · 157 bet
  • O'quv-uslubiy nashr Nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun matematika «Durdona», Buxoro, 2017 · 228 bet

Elektron ta'lim resurslari

  • Quvnoq matematika 1-sinf uchun elektron axborot-ta'lim resursi
  • Kasrlar olamiga sayohat 3-sinf uchun elektron axborot-ta'lim resursi
  • Harakatga doir masalalarni yechish usullari 4-sinf uchun elektron axborot-ta'lim resursi
  • Kreativ topshiriqlar 4-sinf uchun elektron axborot-ta'lim resursi

Loyiha va raqamli resurslar

«PZ-2020042147 — Oliy ta'lim muassasalari uchun matematika va uni o'qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot-ta'lim resurslarini yaratish» amaliy loyihasi rahbari. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun masofaviy metodik tayyorgarlik sayti ishlab chiqilgan: dlpe-method.com.

Mukofot va e'tiroflar

  • 2018 Buxoro viloyati hokimligi Xalq ta'limi boshqarmasining «Faxriy yorlig'i»
  • 2019 O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Respublika ta'lim markazining «Faxriy yorlig'i»
  • 2022 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining «Faxriy yorlig'i»
  • 2023 «Oliy ta'lim a'lochisi» ko'krak nishoni
  • 2023 «O'zbekistonning taniqli olimlari» ensiklopediyasiga «O'zbekistondagi eng yosh fan doktori, professor ayoli» sifatida kiritilgan
Mazkur platformaning ilmiy-metodik asoslari va inkorporatsion yondashuv modeli ilmiy rahbar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Rasmiy sahifasi (buxdpi.uz)

Portfolio

Metodik portfolio

Kafedradagi o'quv-uslubiy ta'minot, ochiq darslar va raqamli ta'lim resurslari bo'yicha tayyorlangan hisobot taqdimoti.

Texnologiya darslarida innovatsion hand-made texnologiyalar orqali talabalarning amaliy va kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish

Buxoro davlat pedagogika instituti Buxoro, 2026 PDF · 8 MB

Taqdimotda texnologiya ta'limini STEAM yondashuvi va 5E modeli asosida tashkil etish, hand-made mashg'ulotlari orqali talabalarning amaliy, kreativ va estetik kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan.

Malaka hujjatlari

Sertifikatlar

Xalqaro malaka oshirish dasturlari va chet tilini bilish darajasi bo'yicha olingan hujjatlar. Har bir sertifikatni kattalashtirib ko'rish yoki PDF holida yuklab olish mumkin.

Malaka oshirish

Teacher Training Programme — 144 soat

INTI International University, Malayziya
2026-yil 1–30-yanvar

Ochiq ma'ruza

Guest Lecture — 4 soat

INTI International University, Malayziya
2026-yil 15-yanvar

Xalqaro tajriba

Study Tour Programme

INTI International University, Malayziya
2026-yil 13–19-yanvar

Chet tili

Turk tili — B1 daraja

Bilim va malakalarni baholash agentligi
07.10.2025 — 06.10.2027